1

Tamaki 2030 yilga borib dunyo miqyosida 8 milliondan ziyod insonlarning o`limiga sabab bo`lishi mumkin

Jamiyat 08.06.2019, 11:30
Tamaki 2030 yilga borib dunyo miqyosida 8 milliondan ziyod insonlarning o`limiga sabab bo`lishi mumkin

Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatimizning barcha hududlarida yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni muntazam tashkil etib kelmoqda. Navbatdagisi 8 iyun, shanba kuni “Tanlov sizdan: tamaki yoki sog`lom o`pkalar” shiori ostida o`tkazildi. Joylarda oilaviy poliklinikalartomonidan mahalla fuqarolik yig`inlari guzari, ta`lim muassasasi stadionlarida tashkil etilgan ommaviy tadbirlarda mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etishdi.

Jumladan, ushbu ommaviy tadbirlar doirasida poytaxtimizdagi G`ofur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida Sog`liqni saqlash vazirligi, hamkor tashkilotlar hamda ahli ishtirokida 5 kilometrga faol yurish va gimnastika mashqlari uyushtirildi. Shu bilan birga, “Salomatlik maydonchasi”, “Biz tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz”tadbirlari hambo`lib o`tdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, tamaki mahsuloti undan foydalanuvchi insonlarning yarmidan ko`pining o`limiga sababchidir. Sigaretalar dunyo bo`ylab yiliga qariyb 7 million odamning umriga zomin bo`lmoqda. Ularning 6 milliondan ortig`i iste`molchilar va sobiq tamaki iste`molchilari bo`lsa, 890 mingdan ziyodiga esa tamaki tutuni sabab bo`layotgani achinarlidir. Tamakiga qarshi keskin choralar ko`rilmasa, 2030 yilga kelib yillik o`limlar soni sakkiz milliondan oshishi mumkin.

Tamakitutunida 4000 dan ortiqkimyoviymoddalarmavjud bo`lib, ulardankamida 250 ta zararliva 50 dan ortig`ikanserogenlardir. Odatiy chekish natijasida kelib chiqqan pastki nafas yo`llarining infeksiyalaridan dunyoda yiliga 5 yoshgacha bo`lgan 165 ming nafar bola nobud bo`lmoqda.Katta yoshga etganlari esa ikkilamchi tutunning ta`sirini sog`ligida his qilib turishadi.Kichik yoshida nafas yo`lida yig`ilib qolgan infeksiya katta yoshda ushbu a`zoda kasalliklar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining ta`kidlashicha, O`zbekistonda kattalar orasida chekish ko`rsatkichlariga ko`ra, hozirgi kunda 2,8 million nafar sigaret chekuvchilardan 1,4 milliondan ziyodida (50foizi) chekish tufayli erta o`lim xavfi mavjud va tamaki mahsulotlariga qarshi faolroq choralar ko`rilmasa, bu raqam yanada ortishi mumkin.

Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu yo`nalishdagi ishlarni muntazam ravishda davom ettiradi. Xususan, iyun oyi davomida“Sog`lom ovqatlanish– sog`lom hayot demakdir”, “Zararli odatlar – umr kushandasi”, “Jismoniy faollik –uzoq umr ko`rish garovi”shiorlari ostida o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1