1

Marg`ilondagi bozorda sodir bo`lgan yong`in haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 09.06.2019, 16:24
Marg`ilondagi bozorda sodir bo`lgan yong`in haqida ma`lumot berildi

Marg`ilon shahridagi xalq tilida TRZ deb ataluvchi bozorda sodir bo`lgan yong`in haqida turli gaplar tarqalmoqda. Xo`sh, bu erda nima bo`ldi?

2019 yil 9 iyun kuni soat 02:05 da Marg`ilon shahar “Pichoqchi” mahalla fuqarolar yig`ini Xiyobon ko`chasi 174-uyda joylashgan “Marg`ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli oziq-ovqat savdo binosida (yopiq bozor) yong`in sodir bo`lgan.

Yong`in bo`lgan joyga soat 02:10 da etib borilgan, 05:40 da o`chirilgan. Yong`inga jami 22 ta yong`in o`chirish texnikalari (19 ta asosiy, 3 ta maxsus), 2 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi jalb etilgan.

Yong`in sodir bo`lgan savdo kompleksining umumiy maydoni 10440 metr kvadrat (72x145 m) bo`lib, yong`in oqibatida binoning taxminan 1575 metr kvadrat (35x45 m) maydonidagi oziq-ovqat, parfyumeriya mahsulotlari va xo`jalik mollari yonib zararlangan, 8825 metr kvadrat maydon saqlab qolingan.

Yong`in sodir bo`lgan joy O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan o`rganib chiqildi.

Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va qurbonlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari va etkazilgan zarar miqdori aniqlash bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar berdi hamda ijtimoiy tarmoqlarda yong`inning kelib chiqishi haqida asossiz gaplar tarqatmaslik so`raldi.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1