1

Qabul kvotalari qachon e`lon qilinadi?

Jamiyat 09.06.2019, 16:39
Qabul kvotalari qachon e`lon qilinadi?

Kelasi haftadan, ya`ni 15 iyundan boshlab, butun respublika bo`ylab OTMlarga qabul jarayonlari boshlanishi kerak.

Ammo shunday bo`lsa-da, joriy yilgi qabul kvotalari hozircha tasdiqlanmadi. Vaholanki, qaysi OTM qaysi yo`nalishga nechta talaba qabul qilishi aniq bo`lmasdan turib, qabul jarayonlari boshlanmasligini ko`pchilik bilmasa kerak. Ya`ni mabodo qabul kvotalari o`z vaqtida tasdiqlanmasa, unda 15 iyun kelgan bo`lsa ham, abiturientlardan hujjatlar qabul qilinmaydi, qaror chiqqungacha kutiladi.

1998 yildan buyon tahlil qilib ko`rsak, bunday holat 4 marta ro`y bergan. 2004, 2011, 2014 va 2015 yillarda qabul kvotalari kech tasdiqlangan va shu sababli qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan muddatlardan kechikib boshlangan.

Eng rekord darajada kech tasdiqlangan qabul kvotalari 2011 yilda kuzatilgan. O`shanda tegishli qaror Prezident tomonidan 4 iyul kuni imzolangan hamda 20 iyunda boshlanishi kerak bo`lgan qabul jarayonlariga 2 hafta kechikib start berilgan.

Aytgancha, o`tgan yili ham bitta OTM uchun qabul jarayonining kechikib boshlanish holati kuzatildi. Aniqrog`i Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining qabul kvotalari qolgan OTMlarnikidan kechroq – 21 iyun kuni tasdiqlandi va ushbu OTMda qabul qonunchilikda belgilangandan 1 hafta kechikib boshlandi.

Joriy yilgi qabul kvotalari qachon tasdiqlanishi hozircha ma`lum emas.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki, 2005 yildan boshlab qabul kvotalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Ungacha esa Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan.

Quyida esa turli o`quv yillarida qabul kvotalari qaysi sanada tasdiqlangani va bakalavriat uchun qabul kvotalarining soni haqidagi ma`lumot bilan tanishishingiz mumkin:

2018/19 o`quv yili — 4 iyun (qabul kvotasi soni: 69.200)

2017/18 — 5 may (66.316);

2016/17 — 26 may (57.907);

2015/16 — 23 iyun (57.907);

2014/15 — 26 iyun (57.907);

2013/14 — 11 iyun (56.607);

2012/13 — 7 may (56.607);

2011/12 — 4 iyul (56.607);

2010/11 — 28 may (56.607);

2009/10 — 4 iyun (57.305);

2008/09 — 19 may (58.000);

2007/08 — 30 may (51.604);

2006/07 — 2 iyun (51.604);

2005/06 — 2 iyun (51.175);

2004/05 — 24 iyun (51.175);

2003/04 — 14 iyun (51.100);

2002/03 — 4 iyun (51.100);

2001/02 — 12 iyun (49.500);

2000/01 — 8 iyun (49.500);

1999/2000 — 2 iyun (43.653);

1998/99 — 25 may (42.000).

Izoh: qabul kvotalari soni qo`shimcha qabullar va o`zgarishlar evaziga ko`rsatilgan raqamlardan ko`proqni tashkil qilgan bo`lishi mumkin.

Manba: @xushnudbek

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1