AsosiyDunyo

Bishkek atrofidagi voqealar: Orokda – etnik mojaro, voqea tafsiloti qisqa satrlarda

'Bishkek atrofidagi voqealar: Orokda – etnik mojaro, voqea tafsiloti qisqa satrlarda'ning rasmi

Butun dunyo musulmon olami iyun oyini qutlug` bayram Ramazon hayitini nishonlash, ko`tarinki kayfiyat bilan boshladi. Ammo Qirg`izistonning Quyi Orok qishlog`ida vaziyat boshqacha tus oldi.

Shu yil 5 iyun, soat etalabki 8:30lar atrofi. Orok qishlog`ida Hayit namozidan qaytayotganda o`smirlar o`rtasida o`zaro mushtlashuv yuz berdi. Kelishmovchilik oqibatida o`smir yigit kaltaklandi.

Jabrdiyda tez orada shifoxonaga etkazilib, unga tibbiy yordam ko`rsatildi.

Hodisa joyiga ichki ishlar xodimlari etib kelgan, janjal ishtirokchilari va tan jarohati etkazganlikda gumon qilinganlar tez orada ushlandi. Ularga Qirg`iziston JKning 266 moddasi (bezorilik) bo`yicha jinoiy ish ochildi. Biroq barchasi bu bilan barham topmadi.

716645.4ddf82385ff9d6062c44d15aa0ef6774.jpg

Chuy viloyat IIB ma`lumotiga ko`ra, shundan so`ng qishloqda kaltaklangan yigitning qarindoshlari to`plana boshladi va asosiy aholisi qirg`izlar va mesxeti turklardan iborat qishloqda tartibsizliklar boshlandi. Mojaro vaqtida 10 dan ziyod uy zarar ko`rdi, xo`jalik binolari yoqib yuborildi, avtomobillar oynalari sindirilib, boshqa mulklarga ham zarar etkazildi.

Hodisa jiddiy tus olmasidan vaziyatni barqarorlashtirish uchun voqea joyiga ichki ishlar tuman bo`linmasining shaxsiy tarkibi joylashtirildi. U erga mamlakat ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliev va viloyat bo`yicha vakil ham etib keldi.

Rasmiy bayonotda mojaro maishiy mavzu kasb etgani, hodisani millatlararo nizo sifatida xarakterlash o`rinsiz ekani ta`kidlandi.

716655.a0d1340b898f0b57b821dbb28e4ebe50.jpg

Orokdagi voqea davlatlararo munosabatlarga ham ta`sir ko`rsatdi

Biroz vaqtdan so`ng Sokuluk tumani Quyi Orok qishlog`idagi vaziyat barqarorlashganiga qaramasdan, ushbu mojaro davlatlar o`rtasidagi muhokamalar va noroziliklar tusida davom etdi. Turkiyaning Qirg`izistondagi Elchisi hodisa yuz bergan hududga borib, aholi bilan suhbatda bo`lgandi. Bu esa Qirg`iziston tashqi ishlar vazirligining noroziligiga sabab bo`ldi. Tez orada elchi Jengiz Kamil Firatga norozilik notasi topshirildi.

Notada quyidagilar qayd etiladi: “Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning Qirg`izistondagi elchisidan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik, bosiq bo`lishga va milliy qonunlarni hurmat qilishga chaqiradi”.

460x825_06 - milisiya.jpg

Ammo elchi vaziyatni jurnalistlarga izohlar ekan, qishloqda elchixona xodimasi yashashini, uni olib ketish uchun borganini aytdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa elchi xatti-harakatini mamlakat ichki ishlariga aralashish sifatida baholadilar.

Rasmiy Anqaraning bu vaziyat bo`yicha javobi ham uzoq kuttirmadi: Qirg`izistonning Turkiyadagi elchisi Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, Bishkekka nota bilan javob qaytarildi.

Ayni paytda Orok qishlog`ida vaziyat barqaror, huquq-tartibot xodimlari qishloqda tinchlik hukm surayotganini qayd etmoqda.

    Boshqa yangiliklar