AsosiyDunyo

Xillari Klintonning akasi olamdan o`tdi

'Xillari Klintonning akasi olamdan o`tdi'ning rasmi

AQSh sobiq prezidentligiga nomzodiXillari Klintonning akasi Toni Rodem 65 yoshda olamdan o`tdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Bu haqda Xillari Klintonning o`zi Tvitter akkauntida xabar qoldirgan. U “Kecha tunda akam Toni dunyodan o`tdi. Bugun kuni bilan uni xotirladim.Akamni ta`riflashga so`z topa olmayapman... Akam judayam oqko`ngil inson, yaxshi turmush o`rtoq va farzandlari uchun ajoyib ota edi...” deb yozgan. Biroq Rodemning o`limiga nima sabab bo`lganligi haqida ma`lumot bermagan.

Manbaning ma`lum qilishicha, Toni Rodem hayotligida qamoqxonada nazoratchi, sug`urta agenti, xususiy izquvar lavozimlarida ishlagan, shu bilan birga biznes bilan shug`ullangan.

    Boshqa yangiliklar