1

Bojxona instituti kursanti o`z loyihasi bilan xalqaro konferensiyada birinchi o`rinni qo`lga kiritdi

Jamiyat 10.06.2019, 21:05
Bojxona instituti kursanti o`z loyihasi bilan xalqaro konferensiyada  birinchi o`rinni qo`lga kiritdi

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan so`ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar negizida, yoshlarimizni ham jismonan, ham ma`nan sog`lom qilib o`stirishdek ezgu maqsad mujassam. Bu kabi keng imkoniyatlardan unumli foydalangan yoshlar esa xalqaro fan olimpiadalarida, sport musobaqalari, xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo`lga kiritishmoqda.

Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida “i-Customs, Xalqaro biznes, innovasiyalar va bojxona tomonidan tartibga solish” VI Xalqaro yoshlar konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Unda Rossiya Federasiyasi, Belarus Respublikasi, Polsha, Ozarbayjon, O`zbekiston Respublikasidan jami 32 nafar ishtirokchilar bojxona ma`muriyatchiligi, bojxona nazoratida chegara xizmatidan foydalanishning istiqbollari, SMART chegaralar uchun bojxona nazorati yo`nalishlarida o`z ma`ruza va loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Mazkur Konferensiyada Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti kursantlari ham o`zlarining bojxona sohasini rivojlantirishga oid zamonaviy tashabbus va loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, tadbiq etilgan barcha loyihalar ichidan Bojxona instituti 3-bosqich kursanti M.Ismatovaning «The draft of Tashkent International Convention - Global Single Window» loyihasi mutaxassislar tomonidan eng yaxshi loyiha deb topilib, unga 1-o`rin taqdim etildi.

Endilikda, konferensiyada yuqori o`rinlarni qo`lga kiritgan 6 nafar g`oliblar, shu jumladan M.Ismatova ham joriy yilning oktyabr oyida Makedoniyaning Skope shahrida o`tkaziladigan “PICARD-2019” Xalqaro yoshlar konferensiyasida ishtirok etishadi.

Shu o`rinda aytish kerakki, o`z bilimi va zakovati bilan dunyo mamlakatlari e`tirofiga sazovor bo`layotgan bu kabiiqtidorli yoshlar davlatimiz ravnaqiga munosib hissa qo`shishi aniq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1