“Darakchi” mening eng sevimli gazetam!, “Darakchi”ni 20 yildan beri har sonini qoldirmay o`qib kelaman”...
Biz bu gaplarni har kuni eshitamiz. Siz ham eshitishni istaysizmi? O`zbekistonda eng ko`p adadli sevimli gazetaning sevimli mushtariylariga so`nggi yangiliklarni, dolzarb mavzudagi maqolalarni muntazam etkazishni-chi? Unda eshigimiz siz uchun ochiq! Siz ham mehnatkash, ahil, quvnoq jamoaning bir bo`lagiga aylaning, yurtimizning chekka-chekka hududlarida yashovchi aholiga ham ma`naviy ziyo tarqatishga hissa qo`shing. Axir “Darakchi” – hammamizniki!
Biz nima beramiz?
- Oylik maosh - 2 million so`m va undan yuqori;
- Kompyuter, ish qurollari - bloknot, ruchka (“Darakchi” yozuvili);
- Bayramlarda e`tibor (quruq qo`ymaymiz);
Tahririyatimiz shahar markazida (“Toshkent” metrosi yonida);
Siz nima berasiz? Vazifalaringiz:
- “Darakchi” gazetasi va sayti uchun xabarlar, mualliflik maqolalari yozish, voqea joyidan reportajlar tayyorlash, eksklyuziv intervyular uyushtirish;
- Saytning ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Twitter, Instagram)dagi sahifalarini yuritish;
va boshqa jurnalistikaga bog`liq vazifalar.
Talablar:
- Oliy ma`lumot (talaba bo`lsangiz ham mayli);
- Kompyuterda mukammal ishlay olish;
- Imlo xatolarsiz, savodli yoza bilish;
- Xorijiy (rus yoki ingliz) tillarni bilish (mukammal bilish talab etilmaydi);
- Mas`uliyat, ishga jiddiy yondashish...
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo`lishi mumkin).
Xo`sh, o`ylab ko`rdingizmi? U holda bizga qo`ng`iroq qiling: +998951946416