1

Jurnalistni haqorat qilgan qirg`izistonlik amaldor ishdan bo`shatildi

Dunyo 11.06.2019, 13:36
Jurnalistni haqorat qilgan qirg`izistonlik amaldor ishdan bo`shatildi

Tuygunaali Abdraimov Qirg`iziston hukumatining Chuy viloyatidagi vakili lavozimidan bo`shatildi.

Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu boradagi farmoyish Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg`aziev tomonidan imzolandi.

Eslatib o`tamiz, Tuygunaali Abdraimov 5 iyun kuni jurnalistlarning Sokuluk tumanidagi mahalliy aholi o`rtasida mojaro yuz bergan Orok qishlog`idagi hodisalar haqidagi savolga javob berar ekan, muxbirlardan birining basharasi yoqmagani bois uning savoliga javob bermasligini aytgan edi. “Menga sizning basharangiz yoqmayapti. Basharangiz yoqimsiz”, - degan edi amaldor.

Shundan keyin amaldorning sha`niga tanqidlar kuchayib ketdi va ko`pchilik uning iste`fosini talab qilib chiqdi. Faollarning bayonot berishicha, u davlat xizmatchisi etikasi bilan tanish emas.

To`g`ri hodisadan bir kun o`tib, Qirg`iziston hukumatining Chuy viloyatidagi vakili Tuygunaali Abdraimov jurnalistlar oldiga chiqdi va basharasi yoqmayotgani uchun jurnalist ayol bilan gaplashmagani yuzasidan o`z fikrini ma`lum qildi.

“Men “Ala-Too 24” telekanaliga intervyu berdim, shunda u qo`pol tarzda qaerda bo`lganimni, nima uchun kech kelganimni so`ray boshladi (kuni kecha mojaro yuz bergan Orok qishlog`i nazarda tutilmoqda – muh.). Shunda men u prokuror emasligi va bu mening muammom ekanini aytdim. Ha, men unga basharasi yoqmayotganini aytdim. Mening basharam unga yoqmaydi. Bu hayot”, - deya bayonot berdi amaldor. Abdraimov o`zini “go`zal” deb hisoblamasligini qo`shimcha qildi.

Chuy viloyati rahbari ayrim jurnalistlarni ataylab fitna uyushtirishni maqsad qilib olganlikda ayblar ekan, kechirim so`ramadi va jurnalistlar bilan bahslashganidan keyin shoshilinch ravishda faollar zalini tark etdi.

Bosh vazir Muhammadqaliy Abilg`aziev o`shanda gubernatorning xatti-harakatlariga munosib baho berilishini aytgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1