1

IIV: “Turistik polisiya xodimlari avvalombor rus tilini bilishi kerak”

Jamiyat 11.06.2019, 13:55
IIV: “Turistik polisiya xodimlari avvalombor rus tilini bilishi kerak”

O`zbekistonda Xavfsiz turizmni ta`minlash bo`linmalari xodimlariga avvalo rus tilini bilish talabi qo`yilmoqda.

Bu haqida IIVning Xafvsiz turizmni ta`minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i Abdurashid Alisherov ma`lum qildi.

“MDH davlatlaridan kelayotgan turistlarni barchasi rus tilini bilishlari tufayli bizning xodimlarimiz avvalo rus tilini bilishlari kerak deb hisoblaymiz. Bu yurtimizga kelayotgan turistlarda xodimlarimiz haqida ijobiy imidjni shakllantirishga xizmat qiladi”, dedi A.Alisherov jurnalistlarga.

Shuningdek, polisiya xodimlari butun dunyoda universal til hisoblangan ingliz tilida ham gapirishni bilishi kerak. Turistlarda savol yoki muammo paydo bo`lgan hollarda, xodimlar ular bilan bemalol gaplashib muammoni tezda bartaraf etishga yordam beradi, deydi Xavfsiz turizm boshqarmasi boshlig`i.

Ma`lumki, xitoylik turistlar soni ham yildan yilga ko`payib bormoqda. Kelajakda O`zbekistonga kelayotgan xitoylik sayyohlar oqimi oshishi kutilayotgani munosabati bilan, xitoy tilini biladigan xodimlarimiz sonini ham ko`paytirish rejasi bor, deydi turistik polisiya boshlig`i.

Turizm polisiyasi boshqarmalarining asosiy vazifasi – turistlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash, ularning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, yordamga muhtoj sayyohlarga tezkor va sifatli yordam ko`rsatish vazifalari yuklatilgan, deydi A.Alisherov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1