1

Toshkentda va Buxoroda yonib ketgan yuk mashinalari bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 11.06.2019, 14:29
Toshkentda va Buxoroda yonib ketgan yuk mashinalari bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 10 iyun kuni 17.05 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 22 yoshli shaxs boshqaruvidagi “ZIL-131” yuk avtomashinasida yong`in chiqqan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in oqibatida yuk avtomashinasining kuzov osti qismi yonib zarar ko`rgan va yuk avtomashinasi yo`lovchisi 21 yoshli S.S. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yong`in kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu kuni taxminan soat 05.40 larda Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli shaxs boshqaruvidagi «KamAZ»da yuk avtomashinasiga o`rnatilgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Oqibatda yuk avtomashinasining salon qismi yonib zarar ko`rgan. Jarohat olganlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1