AsosiyShou-biznes

O`zbekiston xalq hofizi Ma`murjon Uzoqov haqida hujjatli film olindi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan O`zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida “Qo`shiqqa aylangan umr” hujjatli filmi suratga olindi, deya yozmoqda uz24.uz.

Film O`zbekiston xalq hofizi Ma`murjon Uzoqov tavalludining 110 yilligiga bag`ishlangan va u hofizning hayoti va ijodidan hikoya qiladi.

Hofizning qizi Zuhroxon Uzoqovaning hikoya qilishicha, hofizdan, bor-yo`g`i, 30 ga yaqin fotosurat saqlanib qolgan. Ma`murjon Uzoqov haqida shu paytgacha birorta ham  hujjatli film ishlanmagan. Shuning uchun uning hayotiga oid ayrim sahnalarni Qo`qon shahridagi drama teatri aktyorlari ishtirokida sahnalashtirishga to`g`ri kelgan.

Tez orada mazkur hujjatli film katta va zangori ekranlarga chiqadi, deb xabar qilmoqda “O`zbekkino” Milliy agentligi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar