Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi rahbariyati poytaxtni obodonlashtirish bo`yicha rejalarni ma`lum qildi.
Norma.uz bergan ma`lumotga ko`ra, ayni paytda shahar ko`chalariga biohojatxonalar qo`yish va bu boradagi ishlarni rejalashtirish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Biroq shunga qaramasdan, ularni o`rnatish muddatlari ma`lum qilinmadi, deb yozadi “UZ24” nashri.
Bundan tashqari, chorrahalarga videokameralar o`rnatilganidan keyin poytaxt yo`llarining ta`miri “o`rali” bo`ladi, ya`ni trassadagi asfalt butunligicha emas, balki qurilish-muhandislik ishlarini o`tkazish natijasida shikastlangan qismigina ta`mirlanadi.
03.12.2014 16:44





