Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo`l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar, ayniqsa bolalar va o`smirlar tomonidan sodir etilayotgan yo`l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta`minlash masalalariga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida targ`ibot avtokarvoni tashkil etildi.
Hozirgi kunda Toshkent shahardagi umumta`lim maktablarida 65 ta sog`lomlashtirish lagerlari tashkil etilgan.
Mazkur lagerlarga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari biriktirilgan bo`lib, har haftaning juma kunlari xodimlari tomonidan targ`ibot ishlari o`tkazilmoqda.