Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Botirbek Isabekov Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
B.Isabekov ayni paytga qadar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o`rinbosari, “Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi tasarrufidagi xo`jalik hisobidagi tibbiy ko`rik bo`limi” DUK direktori, Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`ining umumiy ishlari bo`yicha o`rinbosari kabi mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi






