1

Nukuslik yoshlar va harbiylar itellektual bahslarda qatnashdi

Jamiyat 14.06.2019, 23:35
Nukuslik yoshlar va harbiylar itellektual bahslarda qatnashdi

O`zbekiston Mudofaa vazirligi qo`shinlarida o`tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Nukus shahar “Istiqlol” bolalar bog`ida yoshlar sayli o`tkazildi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayilda mingdan ziyod o`quvchi yoshlar va Nukus garnizonidagi harbiy xizmatchilar “Kitobxonlik viktorinasi” intellektual o`yinida o`zaro baxslashishdi. “Yosh oshpazlar tanlovi” nomli milliy taom bo`lmish palovni pishirishda o`zgacha yondashuvlar osh pishgancha barchani hayajonda ushlab turdi.

Nukuslik bolalarning “Dunyo raqslari” shousi yig`ilganlar olqishiga sazovor bo`ldi. Yosh ijodkorlar tomonidan tashkil etilgan “Nazm va navo” kechasi haqikiy mumtoz kuy va qo`shiq shaydolarini oldida to`pladi.

Qoraqalpog`iston Madaniyat vazirligi ijodkorlari hamda garnizon Ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestrining diltortar kuylari xalqni raqsga chorladi.

Tanlov va viktorinalarning g`olib va sovrindorlari Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi hamda boshqa vazirlik va idora mansabdor shaxslari tomonidan munosib taqdirlandi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1