1

Majburiy mehnatga yo`l qo`ygan maktab direktori jarimaga tortildi

Jamiyat 16.06.2019, 11:59
Majburiy mehnatga yo`l qo`ygan maktab direktori jarimaga tortildi

Bir muddat avval Ommaviy axborot vositalarida Navoiyning Qiziltepa tumanidagi maktab o`quvchilari imtihonga tayyorgarlik bahonasida chaqirtirilib, stadionni qamish, ajriqlardan tozalash ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.

Mehnat Vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu holat joyiga chiqqan holda tekshirilgan.

Tekshirish davomida ma`lum bo`lishicha Qiziltepa tumanidagi 8-maktab direktori A.Sayfiev maktab o`quvchilarini maktab hududida qamish, ajriqlardan tozalash ishlariga jalb etilishiga yo`l quygan va bu bilan qonun buzilishiga yo`l quygan.

A.Sayfiev o`z xatti-harakatlari bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikka yo`l qo`yib, ushbu moddada nazarda tutilgan EKIX 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, mazkur maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari Sh.Norqulova o`quvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilishni oldini olmaganligi va lavozim majburiyatlarini etarli darajada amalga oshirmaganligi uchun Mehnat kodeksining 181-modasiga muvofiq intizomiy jazoga tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1