1

Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday o`tadi?

Jamiyat 16.06.2019, 23:15
Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday o`tadi?

Namangan, Nukus, Xiva va Toshkentdagi Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o`tkaziladi.

1-bosqichda matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollari beriladi.

Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Birinchi bosqich natijasiga ko`ra qabul kvotasida belgilangan har bir o`ringa 20 kishihisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda qatnashadi (masalan – Namangan shahri maktabining har bir sinfiga 480 talabgor (24 o`rin * 20 talabgor) qatnashishi mumkin).

2-bosqichga o`tgan talabgorlar uchun quyidagi topshiriqdan iborat test sinovlario`tkaziladi:

• axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo`yicha – 16 ta masala;

• mantiq elementlari bo`lgan matematika fanidan – 24 ta masala;

• ingliz tilidan – 55 ta test.

4- va 5-sinf o`quvchilari to`plagan ballarning asosiy qismini (80 foizini)tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlarni bajarish orqali yig`ishlari mumkin. Ballarning 20 foizigina ingliz tili faniga to`g`ri keladi.

Shu bois nomzodlar ingliz tilidan mukammal tayyorgarlikka ega bo`lmay,tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo`lsa ham,Prezident maktablariga qabul qilinish ehtimoli yuqori bo`ladi. Nomzodlar istagiga ko`ra ushbu yo`nalishdagi imtihon savollari ingliz tilida emas, davlat tilida berilishi mumkin.

Yuqori sinf 6-, 7-, 8-, 9-sinf o`quvchilari uchun ingliz tilining ahamiyati 40 foizbo`lib, tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlar60%ni tashkil etadi.

Bunday talab qo`yilganining asosiy sababi, Prezident maktabining yuqori sinf o`quvchilari xorijlik o`qituvchilar o`tadigan STEAM-fanlarni o`rganish uchun etarli salohiyatga ega bo`lishi zarur. O`quvchi xohishiga ko`ra tanqidiy fikrlash va mantiq bo`yicha imtihonlarni ingliz tilida ham topshirishi mumkin.

Kirish imtihonlari 2-bosqichning natijalariga ko`ra bir xil ball to`plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda, qabul komissiyasi va ta`lim sohasida xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar tomonidan qo`shimcha topshiriqlar beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1