11–14 iyun kunlari Markaziy harbiy okrugga qarashli Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi harbiy qismlarda Qurolli kuchlar tuzilmalari rahbariyati tarkibi bilan hamkorlikdagi mashg`ulotlar o`tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.
Okrug qo`shinlari qo`mondonining birinchi o`rinbosari rahbarligida o`tkazilgan harbiy o`quvlarda taktik harakatlarning birinchi va ikkinchi kuni Jizzax viloyatidagi Zomin–Baxmal tumanlarining tog`li hududlarida amalga oshirildi.
Navbatdagi yo`nalish esa Samarqand viloyati bo`ldi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya Jizzax viloyatidagi hududiy boshqarma va bo`linmalari ishtirok etdi.
Shuningdek, 11–13 iyun kunlari Tayloq shahri aholisi xavfsizligini ta`minlash maqsadida maxsus-taktik o`quv o`tkazildi.