1

Zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun “Digital Generation Camp” yozgi oromgohi tashkil etildi

Jamiyat 17.06.2019, 15:18
Zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun “Digital Generation Camp” yozgi oromgohi tashkil etildi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent shahridagi Inha Universiteti hamkorligida “Digital Generation Camp” loyihasi ishga tushirildi. IT sohasidagi mazkur loyiha asosida 18-22 iyun kunlari “Yoshlar oromgohida “Digital Generation Camp”yozgi oromgohi tashkil etiladi. Unda ishtirok etish uchun o`quv tizimi orqali loyihaning 5 ta yo`nalishi bo`yicha 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan 90 nafar yoshlar saralab olindi.

“Digital Generation Camp” ga yig`ilgan ishtirokchilarga yurtimizning eng etuk mutaxassislari va xalqaro ekspertlar mashg`ulotlar o`tadi. Darslar orqali qatnashchilarning qobiliyatlari aniqlanadi. Ishtirokchilar o`quv platforma oldidan zarur ishchi buyumlar bilan ta`minlanib, 5 kun mobaynida amaliy va nazariy mashg`ulotlarda o`z tajribalarini boyitadi. IT sohasida mutaxassislar bilan fikr almashish jarayonida yangi yaratilayotgan loyihalar ustida ish boshlashadi.

Oromgohning so`nggi kuni ishtirokchilar yakka va jamoaviy tarzda o`z loyihalarining taqdimotini namoyish etadi. Har bir qatnashchi faol ishtiroki uchun xalqaro sertifikat bilan taqdirlanadi. Loyiha a`zolari birga ishlovchi jamoani yaratish orqali kelgusida yaratiladigan loyihalarni ham jamoaviy amalga oshirishni o`z oldiga maqsad qilgan.

Loyiha erkin fikrlovchi, texnologik trendlarga qiziquvchi yoshlarni dasturlash, robototexnika, media va digital marketing, dizayn, kibersport yo`nalishlari bo`yicha birlashtiradi. Bundan tashqari ularni jamoaviy bo`lib ishlashlarini ta`minlab, hamkorlik hamda rejalashtirish qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1