1

«Toshkent-2025: Transformasiya» konsepsiyasining asosiy tezislari nashr etildi

Jamiyat 18.06.2019, 15:02
«Toshkent-2025: Transformasiya» konsepsiyasining asosiy tezislari nashr etildi

Joriy yilning may oyida «Toshkent- 2025: Transformasiya» konsepsiyasini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Toshkent shahar hokimiga taqdim etganlgani haqida xabar berilgandi. Unda ekspertlarning bildirgan ko`pgina takliflari qo`llab-quvvatlangan.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashining ma`lum qilishicha, «Toshkent- 2025: Transformasiya» konsepsiyasining asosiy tezislari nashr etildi. Qayd etilishicha, taqdim etilgan variant tayyor strategiya emas, balki kelajakdagi ish yo`nalishini muhokama qilish va belgilab olish uchun dastlabki konsepsiyadir.

«Tadbirlar dasturlari, yo`l xaritalari va NLA loyihalari bilan batafsil strategiyani tayyorlash – bularning barchasi ishimizning navbatdagi amalga oshirish bosqichi hisoblanadi», deyiladi jamoatchilik kengashi xabarida.

«Urbanistika markazi» NNTning bazasida amalga oshirilayotgan «Toshkent 2025: Transformasiya» loyihasining asosiy qiymatini «Shahar xalq uchun» postulati belgilaydi — unda fuqarolarning manfaatlari barcha tashabbuslar markazida joylashganligi aks etgan.

Jamoatchilik tomonidan bildirilgan konstruktiv mulohazalar va takliflar tahlil qilinib, shahar hokimiyati ma`muriyatiga topshiriladi.

Hujjatni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Konsepsiya Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi ko`magida «Urbanistika markazi» NNT tomonidan tayyorlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1