1

O`zbekistonda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi

Jamiyat 18.06.2019, 16:58
O`zbekistonda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi

Prezidentning «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida» farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilindi.

Loyihaga ko`ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab:

  • benzin, dizel yoqilg`isi va gazni yoqilg`i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste`molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat`i nazar qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari hisoblanadi;
  • tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub`ektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat`i nazar qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari hisoblanadilar. Bunda, tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub`ektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi sifatida hisobda turishi shart;
  • yagona er solig`i to`lovchisi hisoblangan qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashga o`tishi mumkin;
  • kalendar yili davomida xizmatlarni realizasiya qilishdan olgan tushumi yuz million so`mdan oshgan, biroq bir milliard so`mdan ko`p bo`lmagan telekommunikasiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko`rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to`lovini to`lashga o`tadi.

Quyidagilar 2019 yil 1 oktyabrdan bekor qilinadi:

a) quyidagilarga nisbatan qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha imtiyozlar, shu jumladan import qilinganda:

  • asbest, ko`mir, yog`och materiallari, yog`och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xom ashyosi;
  • soya danagi, kungaboqar va kunjut urug`lari, moyli xom ashyo va shakar xom ashyosi;
  • qishloq xo`jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;

b) yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag`laridan foiz ko`rinishida olingan to`lov manbaini foyda solig`idan ozod qilish bo`yicha imtiyozlar.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab o`zi ishlab chiqargan qishloq xo`jaligi mahsulotlariga va O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha imtiyozlar bekor qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1