1

Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta`lim muassasidagi ovqatdan zaharlanish holati nazoratga olindi

Jamiyat 19.06.2019, 13:54
Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta`lim muassasidagi ovqatdan zaharlanish holati nazoratga olindi

Joriy yilning 18-19 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvchisi, 1 nafar tarbiyachisi hamda 1 nafar hamshirasi tana haroratining ko`tarilishi, ko`ngil aynishi, qayd qilish, ich ketishi, qorin sohasida og`riq kabi kasallik belgilari bilan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limiga “o`tkir ichak kasalligi, ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisiga gumon qilinib yotqizilgan.

Dastlabki epidemiologik surishturuvlar jarayonida mazkur muassasa ichimlik suvi bilan ta`minlanmagani, 17 iyun kuni toza ichimlik suvi tashib keltirilmaganligi natijasida bog`chaning sanitariya-gigiena qoidalari holati qoniqarsizligi, shuningdek, bolalar qaynatilmagan suv ichganligi hamda bog`cha hududidagi mavjud o`rikzordan o`rik mevasini yaxshi yuvmasdan eganligi oqibatida kasallik kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. O`rganish va laboratoriya tekshirish ishlari davom etmoqda.

Bemorlarning ahvoli o`rta va engil og`irlikda, shifoxonada dori- darmonlar etarli miqdorda, ularga kerakli barcha tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusoologiya ilmiy tekshirish insitituti hamda Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bir guruh tajribali mutaxassislari mazkur holatni joyiga chiqib o`rganish, amalga oshirilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, mahalliy shifokorlarga amaliy yordam ko`rsatish uchun safarbar etildi.

Vaziyat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1