1

Yashash joyi bo`lmagan shaxslarga reabilitasiya markazi shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma`lumotnoma beradi

Jamiyat 19.06.2019, 17:42
Yashash joyi bo`lmagan shaxslarga reabilitasiya markazi shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma`lumotnoma beradi

MvaFRB mas`ul xodimi murojaat qilgan shaxs haqidagi belgilangan ma`lumotlarni o`rganib chiqib, uning O`zbekiston fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqaradi.

Muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni ma`muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan (ro`yxat raqami 3168, 19.06.2019 y.) o`tkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Mazkur Nizomga muvofiq, muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston fuqaroligiga mansubligi migrasiya va fuqarolarni rasmiylashtirish bo`limlari tomonidan aniqlanadi.

Bunday shaxslar reabilitasiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma`lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.

MvaFRB mas`ul xodimi murojaat qilgan shaxs haqidagi belgilangan ma`lumotlarni o`rganib chiqib, uning O`zbekiston fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqaradi.

Fuqarolik pasportini yo`qotib qo`ygan va doimiy propiskasiz, muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni turgan joyi bo`yicha hisobga olish istisno tariqasida, vaqtincha hududiy reabilitasiya markazlari joylashgan manzilda amalga oshiriladi va O`zbekistonning fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.

Shuningdek ushbu hujjatga ko`ra, MvaFRB uch sutka ichida tuman (shahar) ma`muriy sudiga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni ma`muriy javobgarlikdan ozod qilish to`g`risida taqdimnoma bilan murojaaat qiladi.

Taqdimnoma ma`muriy sud tomonidan qanoatlantirilganda shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi.

Mazkur buyruq rasman e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1