1

Toshkentda vaqtincha propiska bilan yashayotganlar farzandini qaysi maktabga beradi?

Jamiyat 19.06.2019, 18:24
Toshkentda vaqtincha propiska bilan yashayotganlar farzandini qaysi maktabga beradi?

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov OAV vakillari bilan bo`lgan uchrashuvdaToshkent shahrida vaqtincha propiska bilan yashayotganlarning farzandlari yoki Toshkent viloyatidan qatnab o`qiyotganlar qaysi maktabda o`qishi haqidagi savolga javob berib o`tdi.

— Toshkent shahridagi 301 ta maktabdan faqat 81 tasida mikrohududdan tashqarida yashaydiganlar 1-sinfga kirishda qo`shimcha to`lov joriy etilishi ko`zlangan. Chunki bu maktablarda o`quvchilar soni me`yordan oshib ketgan. Boshqa maktablar uchun bunday qoida yo`q.

Vaqtincha propiska bilan yashayotganlar yoki viloyatdan qatnab o`qiydiganlar bo`lsa, bemalol qolgan 220 ta maktabga joylashib, o`qishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1