1

Surxondaryo viloyati respublikada g`alla topshirish rejasini birinchi bo`lib bajardi

Jamiyat 20.06.2019, 09:37
Surxondaryo viloyati respublikada g`alla topshirish rejasini birinchi bo`lib bajardi

Surxondaryo viloyati g`allakorlari mamlakatimizda birinchilardan bo`lib davlatga g`alla topshirish rejasini ortig`i bilan bajardi.

Viloyatning davlatga don sotish rejasi 266,2 ming tonnani tashkil etib, amalda 100 foizdan oshirib bajarildi. Xususan, Angor tumani 142 foiz, Jarqo`rg`on, Muzrobod, Termiz, Sariosiyo tumanlari 107-110 foizga va Boysun, Qiziriq, Sherobod tumanlarida esa 101-103 foizdan rejani ortig`i bilan bajarildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentyabrdagi “2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida”gi qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida hududda joriy yil hosili uchun 93 ming gektar suvli va 4,2 ming gektar lalmi maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilgan. Hudud bo`yicha suvli maydonlarga ekilgan g`alla maydonlarini “zang” kasalligi, zararkunandalar va begona o`tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o`tkazildi.

Mavsumda olib borilgan bu kabi sa`y-hararkatlarni sifatli amalga oshrishda omilkor dehqon va fermerlarning ko`rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda Respublika bo`yicha 470 ming tonna yoki har gektaridan 50,5 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatda doni yig`ishtirib olinmagan g`allazorlarda o`rim-yig`im qizg`in davom ettirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1