AsosiyJamiyat

Samarqanddagi poligonda jangovar vaziyatdagi harbiy xizmatchi ruhiyati ko`rsatib berildi(Video)

'Samarqanddagi poligonda jangovar vaziyatdagi harbiy xizmatchi ruhiyati ko`rsatib berildi(Video)'ning rasmi

Samarqand viloyatidagi "Sazagan" dala o`quv maydonida batalon shaxsiy tarkibi uchun jangovar vaziyatdagi murakkab jarayon aks etgan ko`rgazmali mashg`ulot tashkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Harbiy qism psixologi hamda batal`on komandirining o`rinbosari tomonidan sahnalashtirilgan jangovar vaziyat, yarador bo`lgan harbiy xizmatchining ruhiyatidagi o`zgarishlar, berilgan vazifani muvafaqqiyatli bajarishga to`sqinlik qiluvchi omillar, jangchini hayotiga tahdid soluvchi ehtimoliy mafkuraviy va psixologik harakatlarga qarshi kurashish yo`llari ko`rgazmali vositalar yordamida ko`rsatib o`tildi.

Shuningdek, mashg`ulot davomida O`zbekiston Qurolli Kuchlar Ahloqiy-ruhiy ta`minot konsepsiyasining mazmun mohiyati, harbiy harakatlarda ruhiy ta`minlash sohasidagi qarashlar, asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalari, yo`nalishlari, shakl va usullari haqida so`z bordi.

Tadbir so`nggida poligonda harbiy xizmatchilar tomonidan madaniy hordiq ishlari tashkil etildi.


Boshqa yangiliklar