Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida 5 hafta davom etgan harbiy psixoloya bo`yicha darslarda Mudofaa vazirligining 25 nafar harbiy xizmatchisi soha bo`yicha o`z malakasini oshirdi.
Jami 144 soat davom etgan malaka oshirish kurslarida harbiy xizmatchilar oila psixologiyasi, suisid va stress holatlarining oldini olish kabi dolzarb mavzularda olib borilgan darslarda qatnashishdi. Bundan tashqari, ular jamoani jipslashtirish, kichik va katta guruhlar bilan ishlash taktik usullari va ko`nikmalarini mustahkamlab, psixologik ishlarni tashkil etish va olib borishda muayyan tajribaga ega bo`ldi.
Bundan ko`rinib turibdiki, Vatan mudofaasida har tomonlama profissional harbiy kadrlar guruhini shakillantirish maqsadida insonning harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo`ladigan xulq-atvorini, harbiy xizmatchilar o`rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o`rganuvchi harbiy psixologlarni tayyorlash, bilim va malakalarini boyitish borasidagi maqsadli ishlar jadal olib borilmoqda.
Kurslarni yakunlagan harbiy xizmatchilarga universitet rahbari, akademik V. B. Qudratov boshchiligida sertifikatlar taqdim etildi.






