Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazlari orqali bolalarni Davlat umum o`rta-ta`lim muassasalariga qabul qilish jarayonlari muvaffaqiyatli boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Bolalarni davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida"qaroriga asosan ota-onalarga o`z mikrohududlari bo`yicha ajratilgan maktablarga yo`llanmalarberilmoqda Fuqarolarga to`liq elektronlashtirilgan, tezkor sifatli va shaffof xizmat ko`rsatilmoqda.
Qarorga ko`ra, qo`yidagi maktablarga 2019/2020 o`quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o`rta ta`lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Bektemir tumanidagi 289,290, 291,293-son maktablariga;
Mirobod tumani 31,60, 94, 110, 125, 263-son maktablariga;
Mirzo Ulug`bek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablariga;
Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablariga;
Sergeli tumani 6,7,300-son maktablariga;
Uchtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablariga;
Chilonzor tumani 101, 103, 164, 168, 178, 184, 195, 217, 280-son maktablariga;
Shayxontohur tumani 19, 34, 42, 59, 169, 180, 314-son maktablariga;
Yunusobod tumani 5, 17, 43, 51, 86, 97, 98, 235, 246, 257, 260, 272, 302, 313-son maktablariga;
Yakkasaroy tumani 89, 91, 144, 160-son maktablariga;
Yashnobod tumani 61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son maktablariga.
Oybek Hasanov, Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi Bosh maslahatchisi






