AsosiyJamiyat

Telekanallardagi kapital shoular tashkilotchilari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

'Telekanallardagi kapital shoular tashkilotchilari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

Davlat va nodavlat telekanallar orqali namoyish etilayotgan xorijiy seriallar, tavakkalchilikka asoslangan turli teleshoular urfga aylandi. Bu jarayon, ayniqsa, voyaga etmagan yoshlar ongi, tafakkuriga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi, Konunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ta`kidlandi.

“Boriga baraka”, “Omad shou”, “Millioner shou”, “Oltin kalit” kabi shou ko`rsatuvlar zamirida mehnat qilmasdan oson pul topish, o`zgalarning hisobidan bir zumda boyib ketish kabi chalg`ituvchi g`oyalar mujassam. Partiya qaysidir toifaga daromad keltiradigan, vaqtinchalik kayfiyatni ko`tarishdan nariga o`tolmaydigan saviyadagi teleloyihalarni ommalashtirishni “ommaviy madaniyat”ni rag`batlantirish bilan barobar, deb biladi.

2007 yil 1 sentyabrdan boshlab O`zbekiston hududida qimor o`yinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni (shu jumladan, totalizatorlar) tashkil etish va o`tkazish (tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalardan tashqari) taqiqlangan. Shuningdek, qimor o`yinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish va o`tkazish uchun telekommunikasiya tarmoqlarida, shu jumladan, internet tarmog`i provayderlari tomonidan xizmatlar ko`rsatish, mamlakatimiz hududiga pul yutug`iga ega bo`lgan o`yin avtomatlarini olib kirish man etilgan. Bu Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi “Qimor o`yinlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilab qo`yilgan.

Davlat va xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan turli kapital shoular yuqoridagi qaror talabiga javob beradimi? Buni aniqlash uchun barcha kapital shoularni ekspertlar baholab berishi kerak. Agarda o`sha teleshoular tavakkalchilikka asoslangani va qimor o`yini, deb topilsa, tashkilotchilar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar