O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosari Muzaffar Egamberdiev Jizzax viloyatida fuqarolar bilan sayyor qabul o`tkazdi.
Joriy yilning 21 iyun kuni Majburiy ijro byurosi G`allaorol tuman bo`limi binosida o`tkazilgan sayyor qabulda Baxmal, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zomin tumanlari va Jizzax shahri aholisi ishtirok etdi.
Sayyor qabulda Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi rahbariyati ham qatnashdi.
Tadbir davomida jami 7 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari o`rganildi. Murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.