AsosiyJamiyat

Chirchiqda xalqaro armiya o`yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rilmoqda

'Chirchiqda xalqaro armiya o`yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rilmoqda'ning rasmi

“ArMI – 2019” nufuzli xalqaro armiya o`yinlarining “Qurolsoz usta” tanlovi joriy yilda Xitoy Xalq Xespublikasida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. O`zbekistonlik harbiy xizmatchilar bu safar ham mazkur tanlovda ishtirok etishni rejalashtirgan.


Ta`kidlash kerak-ki, mazkur xalqaro musobaqada Mudofaa vazirligi harbiylari 2017 yilda faxrli ikkinchi o`rinni, 2018 yilda esa umumjamoa hisobida 3-o`rinni qo`lga kiritgan. “ArMI – 2019” nufuzli xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etish maqsadida harbiy xizmatchilarimiz ayni kunlarda Chirchiq dala-o`quv maydonida jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda.

Bir hafta davom etadigan “Qurolsoz usta” tanlovi 5 ta bosqichdan iborat. Shu bois erta tongdan tunga qadar mashq qilayotgan o`zbekistonlik harbiylar musobaqa davomida yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan kamchiliklarni bartaraf etishga jiddiy e`tibor qaratmoqda.

    Boshqa yangiliklar