AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jalik vaziri BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida ishtirok etmoqda

'Qishloq xo`jalik vaziri  BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida ishtirok etmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 21-24 iyun kunlari Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev boshchiligidagi delegasiya Italiya poytaxti Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO)ning Mintaqaviy vazirlar konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida tashkilotning 2020-2021 yillarga mo`ljallangan strategiyasi,FAO Bosh direktorihamda uning o`rinbosarlari saylovini o`tkazishga doir muhim tadbirlar o`rin olgan. Bosh direktor vazifasiga Xitoy Xalq respublikasidan Syuy Dun`yuy, Fransiyadan Katrin Jeslen-Laneel, Gruziyadan David Kirvalidze, Hindistondan Ramesh Chand nomzodlari tashkilot a`zolari tomonidan ko`rsatilgan. Ayni paytda mazkur saylovoldi jarayoniga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda.FAO tashkil etilgan davrdan shu paytga qadar tashkilotda 8 nafar rahbar o`zgargan. Yangi saylanadigan Bosh direktor 2011 yildan shu paytga qadar faoliyat olib borgan Joze Grasianu da Silvaning o`rnini egallaydi. FAOning yangi rahbari ko`p sonli ovoz orqali saylanadi. Har bir mamlakat bir ovozga ega bo`ladi.

21 iyun kuni mazkur yig`ilish doirasida vazir Jamshid Xodjaev «Besana» kompaniyasi prezidenti Djuzeppe (Pino) Kalkani bilan uchrashdi. Uchrashuvda Namangan va Sirdaryo viloyatlarida turli xil yong`oq va zaytun etishtirish uchun intensiv bog`larni yaratish bo`yicha loyihalarni amalga oshirishga doir masala muhokama etildi. «Besana» kompaniyasi Neapoldagi butun dunyoda yong`oq etishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash va quruq mevalarni etkazib berish bilan shug`ullanuvchi 30 mamlakatdan xom ashyo import qilib, yiliga 42 ming tonna yong`oq va quritilgan mevalarni ishlaydian yirik kompaniyalardan biridir.

O`zbekiston delegasiyasi, shuningdek, Rimdagi Parco dei Principi Grand Hotelda Xitoy Qishloq xo`jaligi va ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan ko`rgazmada ham qatnashdi.Vazir Jamshid Xodjaev Xitoy Xalq respublikasidan Bosh direktorligiga nomzod Syuy Dun`yuy bilan uchrashdi. Bu erda O`zbekiston-Xitoy qishloq xo`jaligi sohasiga oid masalalar muhokama etildi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston va FAO o`rtasidagi hamkorlik 2001 yilda O`zbekiston mazkur tashkilotga a`zo bo`lib qo`shilganidan beri amalga oshirilib kelmoqda. 2014 yilda FAOning O`zbekistondagi vakolatxonasi ochilishi va sheriklik to`g`risidagi yangi kelishuv imzolanishi bilan mazkur hamkorlik yangi bosqichga ko`tarildi. Hozirda tashkilotning O`zbekistonda o`ndan ortiq muhim loyihalari amalga oshirilmoqda.

Tashrif tafsilotlarini kuzatib boring.

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar