AsosiyJamiyat

FAO Bosh direktorligi uchun o`tkaziladigan saylovoldi jarayonlar qizg`in davom etmoqda

'FAO Bosh direktorligi uchun o`tkaziladigan saylovoldi jarayonlar qizg`in davom etmoqda 'ning rasmi

Bugun, 22 iyun kuni Italiya poytaxti Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO)ning Bosh qarorgohida navbatdagi konferensiyaning 41-sessiyasi o`z ishini boshladi.

Avval xabar berganimizdek, mazkur nufuzli anjuman doirasida FAOning yangi Bosh direktori saylanishi kutilmoqda. Gruziya Bosh vaziri maslahatchisi David Revazovich Kirvalidze nomzodlardan biri. U mamlakatda ikki marta qishloq xo`jaligi vaziri, Qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha Parlament qo`mitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan. Kirvalidzening bildirishicha, xususiy sektor orqali taraqqiyotga erishib bo`lishi, uni rivojlantirish nihoyatda muhim o`rin tutishi, geografik jihatdan ovoz berish – bu to`g`ri tanlov emasligini qayd etdi.

FAO rahbarligiga Fransiya hamda Evropa Ittifoqidan nomzod Katrin Jeslen-Laneel o`ttiz yillik professional hayotida qishloq xo`jaligi sohasidagi ko`pgina mummolarni hal etishga ulgargan. Evropa Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo`jaligi tashkiloti sobiq rahbari sifatida ko`proq va yaxshi mahsulot ishlab chiqarish uchun universal echim yo`qligi bildiradi:

-Men FAO tashkil etilganidan buyon birinchi nomzod ayolman. Darhaqiqat, fermerlikda ayollarning o`rni muhim, deydi Katrin.

Vashingtonda u genetik jihatdan modifikasiyalangan organizmlar va genlarni tartibga solish bo`yicha Evropa Ittifoqi pozisiyasini himoya qilmasligini aytgan. Ayni paytda Katrin Jeslen-Laneel Fransiya qishloq xo`jaligi sohasida muhim strategik loyihalarni amalga oshirmoqda.

FAOga boshchilik qilmoqchi bo`lgan nomzodlardan biri Syuy Dun`yuy xalqaro hamkorlik bo`yicha katta tajribaga ega, dunyodagi ochlik va qashshoqlikni bartaraf etishga qaratilgan loyihalari bilan katta muvaffaqiyat qozongan.

Joriy yilning 29 iyuniga qadar davom etadigan sessiyaning asosiy voqeasi ertaga, yakshanba kuni soat 10 00 da bo`lib o`tadi. Eng ko`p ovoz to`plagan nomzod Joze Grasianu da Silvaning o`rniga saylanadi. Ekspertlarning fikricha, saylov ikki bosqichda o`tkaziladi. 28 iyun kuni FAO Kengashiga saylovlar bo`lib o`tadi.

Mazkur nufuzi anjumanda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev ham ishtirok etib, bo`lajak sessiyadagi FAO Bosh direktorligi uchun o`tkaziladigan saylovda ovoz beradi. O`zbekiston va FAO 2001 yildan bo`yon hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan besh yil avval mazkur tashkilotning O`zbekistonda vakolatxonasi ochilgan bo`lib, ayni paytda sheriklikdagi o`ndan ortiq loyihalar faoliyat olib bormoqda.


O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar