Bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan bo`lib o`tgan uchrashuvlarda Tashkilotning Evropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O`zbekistonda o`tkazilishiga doir tashabbus FAO hamda 51 ta Evropa va Osiyo mamlakatlari Qishloq xo`jaligi vazirlari tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Bu haqda Qishloq xo`jalik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hududiy konferensiya 2020 yilning 5-7 may kunlari O`zbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlarida orasida ilk marotaba o`tkaziladi. FAOning strategik maqsadlari ochlikka qarshi kurash, qishloq xo`jaligi, o`rmonchilik va baliqchilikning hosildorlik va barqarorligini oshirish, qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo`shishdir.
Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev boshchiligidagi delegasiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Koreya, Ukraina, Qozog`iston, AQSh, Chili singari mamlakatlar qishloq xo`jaligi vazirlari va boshqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Konferensiya doirasidagi uchrashuvlarda FAOning O`zbekistondagi yangi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olinmoqda.






