Kecha, 22 iyun kuni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugiga qarashli Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birida Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlari tahsil olishi uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan o`quv kurslarining navbatdagi bitiruviga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.
Tadbirda Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Dilshod Choriev, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qo`mita raisi Sog`indiq Turmanov va Ichki ishlar vazirining o`rinbosari polkovnik Islom Ahmedov hamda Milliy gvardiya vakillari, okrug harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Prezidentining 2018 yil nnoyabr oyida bo`lgan tashrifi davomida Mudofaa vazirligi tizimida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilarni ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirish, dunyoqarashshini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlarni vaa to`plangan tajribani keng ommalashtirish borasida ichki ishlar organlari xodimlarining ma`naviy-vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini yanada oshirish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi vazifalarni hal etish bo`yichaqo`rsatma bergan edi.
Mazkur yo`nalish bo`yicha Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vaazirligi hamda Milliy gvardiyaning hududiy bo`linmasi xodimlarining tahsil olishi uchun tajriba tariqasida yaratilgan 15 kunlik ixtisoslashtirilgan o`quv kurslari o`z samarasini bermoqda.
Tadbir davomidda kursning navbatdagi bitiruvchilariga tegishli sertifikat va faxriy yorliqlar topshirildi.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati






