Viloyatning davlat ehtiyojlariga don sotish shartnomoviy rejasi 164,2 ming tonnani tashkil etib, amalda 104 foizdan oshirib bajarildi.Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, G`ijduvon, Qorovulbozor, Romita, Kogon tumanlari 105-109 foizga, Buxoro, Vobkent, Jondor, Qorakul, Olot, Peshku tumanlari 101-104 foizdan reja ortig`i bilan bajarildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
30 sentyabrdagi “2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don etishtirishning prognoz hajmlari to`g`risida”gi qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida hududdajoriy yil hosili uchun 61,6 ming gektar maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilgan.
Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar o`z vaqtida amalga oshirilganligi, “zang” kasalligiga, zararkunandalarva begona o`tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o`tkazildi.
Mavsumda olib borilgan bu kabi sa`y-hararkatlarni sifatli amalga oshrishda omilkor dehqon va fermerlarning ko`rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.
Joriy yilda Buxoro viloyati yalpi don ishlab chiqarish 345,5 ming tonna yoki har gektaridan 56,1 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Viloyatda doni yig`ishtirib olinmagan g`allazorlarda o`rim-yig`im qizg`in davom ettirilmoqda.






