AsosiyDunyo

Tinib-tinchimas xitoyliklarning ajabtovur ixtirolari

Har bir mamlakatning o`z ixtirochilari bo`ladi. Masalan, qadimgi Gresiyada Arximed, AQShda Tomas Edison… Xitoyning ham hozircha tan olinmagan ixtirochilari etarli. Quyida ana shunday ixtirochilar bilan tanishasiz. 

1. Mana bu chamadonni transport vositasiga aylantirish uchun Xe Lyanga o`n yil kerak bo`ldi. U soatiga 19 kilometr tezlikda yura oladi va bir marta quvvatlanganda 48-64 km. masofani bosib o`tishi mumkin.  

2. Tao Syanli masofadan boshqariluvchi robotni yasash uchun sotib olgan temir-tersak va elektr simlari uchun jami 49 037 dollar sarflagan.  

3. Balandligi 2,38 metr bo`lgan mana bu qo`lbola motosikl uni yaratgan Abulajonga 1300 dollarga tushgan. Uning og`irligi 2702 kg. va tezligi soatiga 40 km.ga etadi.  

4. Ushbu suvosti kemasini yaratish uchun xitoylik dehqon besh oy vaqtini sarfladi. Kema Danszyankou qishlog`i yaqinidagi chuqurligi 9 metrli ko`lga muvaffaqiyatli tushdi.

5. Bu traktor 12 ta aylanuvchi cho`tka bilan jihozlangan bo`lib, uning sohibi traktori yordamida Moxe shahri ko`chalarini tozalaydi. 

6. Lyu Vanyun yaratgan bu velosiped plastik quvurlar yordamida suv ustida yura oladi.  

7. Tank nusxasini yaratish uchun iste`fodagi harbiy 6450 dollar sarflagan.  

8. Lyu Fulun yog`ochdan elektromobil yasadi. Mashina soatiga 32 km. tezlikda yura oladi.  

9. Chjan Ui o`zi yaratgan dengiz bodringlarini yig`uvchi suvosti kemasi bilan.  

10. Xitoylik ixtirochi Yan Szunfu sharsimon konteynerini sinash muvaffaqiyatli o`tganidan xursand. Og`irligi 5443 kg.li konteyner uning ichidagi kishilarni olov, suv va boshqa tashqi ta`sirlardan himoya qiladi.  

11. Bu g`ildirakni Li Yunli yaratdi. Ixtirochining aytishicha, u “dunyodagi birinchi raqamli transport vositasi” ekan.  

12. Chjan Syuelin o`zi yasagan samoletida

13. 55 yoshli temirchi Tyan Shenin (o`ngda) qo`lbola vertolyotining parragini to`g`rilamoqda. 

14. Sun Szifa tosh tashimoqda. U 32 yil oldin baxtsiz voqea natijasida ikkala qo`lidan ajralgan va protez sotib olishga imkoniyati bo`lmagan. U jiyanlari bilan birgalikda o`zi uchun protez yasashga ikki yil vaqtini sarfladi.  

15. 49 yoshli mexanik Vu o`zi yasagan robotning qismlarini birlashtirmoqda.

16. 63 yoshli ixtirochi Xan Yuyszi musiqa asbobi vazifasini ham bajaruvchi taroq bilan.  

17. Li Szinchun (yuqorida) va uning qo`lbola samolyoti.  

18. 49 yoshli Chjan Yali do`stlari bilan yasagan ulkan velosipedini sinamoqda.  

19. Fermer Shu Manshen yasama uchish apparatini hovlisida sinovdan o`tkazdi.  

20. Avtomexanik Din Shilu muzlab qolgan suv havzasida uchish apparatini sinamoqda.  

21. Ley Chjisyan velosipedda ketmoqda, aniqrog`i, suzmoqda.

22. Gao Xansze qo`lbola vertolyotiga parrak o`rnatmoqda.  

23. Hunarmand yasagan kichkinagina suvosti kemasini pardozlash ishlari.

24. Xitoylik dehqon Yan Yude yasama zambaragini sudrab ketmoqda.  

25. Shu Manshen o`zining ultraengil uchish apparatida parvozga shaylanmoqda.  

26. Fermer U Yuylu o`zi yasagan robot tortib yuruvchi rikshada ketmoqda.

27. Tao Syanli o`zi yasagan suvosti kemasidan chiqib kelmoqda.  

28. 22 yoshli U Chjunyuan qo`lbola vertolyoti oldida.  

29. Chjao Syugo “Formula-1” avtomobilining yasama nusxasida.

30. Fermer Li Yuymin va uning hali bitmagan suvosti kemasi. 

31. Ixtirochi Yuy Szyunning qo`lbola vertolyoti. 

manba: xabardor.uz

    Boshqa yangiliklar