1-22 iyun davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260 tasi (32,5%) onlayn, 19 186 nafari (67,5%) esa oflayn usulda, ya`ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.
Onlayn topshirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791 tani tashkil etgan bo`lsa, ota-onalarga tahrirlashga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211 tani tashkil etdi.
Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan o`tish imkoniga ega bo`lishdi.
Hududlar bo`yicha eng ko`p – 7 724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog`istonda 7 456 ta, Xorazmda 6 503 ta, Toshkent shahrida 5 763 ta hujjat qabul qilingan.
Eng ko`p – 8 727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past ko`rsatkich 10-sinflar orasida – 2 350 ta.
Imtihonlarni davlat (o`zbek) tilida topshiruvchi o`quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan bo`lsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.
Bir o`ringa o`rtacha raqobat 49 o`quvchini tashkil etgan bo`lsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar o`rtasida – 1 o`ringa 92 nafar o`quvchini (Namanganda 118 o`quvchi) tashkil etadi.
Prezident maktablariga 1-22 iyun davomida umumiy topshirilgan hujjatlar bo`yicha batafsil ma`lumotni (hududlar, sinflar, raqobat, jinsi va boshqa kesimlarda) infografikada ko`rishingiz mumkin, deya xabar beradi Xalq ta`limi vazirligi.






