AsosiyJamiyat

Xayrli tadbirlarga “oq yo`l”

'Xayrli tadbirlarga “oq yo`l”  'ning rasmi

Mamlakatimiz yo`llarida harakat xavfsizligini ta`minlash, bolalar o`rtasida sodir etilayotgan yo`l-transport hodisalari sonini kamaytirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yo`l harakati xavfsizligi kunini o`tkazish va yo`l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 701-sonli Qaroriga asosan,har oyning uchinchi juma kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasini o`tkazishhamda har haftaningjuma kuni “Yo`l harakati xavfsizligi targ`iboti kuni”, deb qabul qilingan.

Shunga ko`raToshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati tomonidan mazkur tadbirlar muntazam ravishda o`tkazib kelinmoqda. Tadbirlargakeng jamoatchilikni jalb qilish maqsadida, joriy yilning 21 iyun juma kuni navbatdagi bo`lib o`tadigan tadbirga o`zgacha yondashildi. Shu kuni soat 10-00da Chilonzor tumani Baynalminal ko`chasida Chilonzor tumani xalq ta`limi bo`limi bilan hamkorlikda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida marafon va velomarafon o`tkazildi.

Unda Chilonzor tumani xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi barcha yozgi dam olish maydonchalari tashkil etilgan umumta`lim maktablarining 200 nafar o`quvchilari, 30 nafar XTB xodimlari, jami250 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Tadbir juda maroqli o`tdi. Uning ishtirokchilarizo`r ishtiyoq hamda o`zgacha ko`tarinkilik hamda yoshlik shijoati bilan marra tomon intilishdi.

O`g`il bolalar o`rtasida o`tkazilgan velomarafonda tumanning 126-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Mamajonov Muhammad Sodiq o`g`li faxrli 1-o`rinni, 79-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Sultonov Behruz Murod o`g`li 2-o`rinni, 128-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Madaminov Diyorbek Nizomiddin o`g`li 3-o`rin sohibi bo`lishdi.

O`g`il bolalar o`rtasida o`tkazilgan yugurish marafonida tumanning 195-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Temirov Fayzulla Usmon o`g`li 1-o`rinni, 195-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, G`ulomov Akbar Bahrom o`g`li 2-o`rinni, 178-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Samadov Amrbek Ziyoviddin o`g`li 3-o`rinni qo`lga kiritishdi.

Qiz bolalar o`rtasida o`tkazilgan velomarafonda tumanning 79-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Sultanova Kamila Murod qizi 1-o`rinni, 179-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Rahmatova Diyora Ahmadjon qizi 2-o`rinni, 114-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, O`lmasjonova Muslima Azizjon qizi 3-o`rinni egalladilar.

Qiz bolalar o`rtasida o`tkazilgan yugurish marafonida tumanning 126-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Baxtiyorova Diyora Bahodir qizi 1-o`rinni, 114-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabi o`quvchisi, Habibullaeva Malika Sherzod qizi 2-o`rinni, 114-sonli umumiy o`rta- ta`lim maktabi o`quvchisi, Yaminova Nazokat Zokir qizi 3-o`rinni qo`lga kiritishdi.

Marafon va velomarafong`oliblari faxriy yorliqlar, esdalik sovg`alari, buklet hamda eslatmalar bilan taqdirlandilar.

Ta`kidlash joizki, bu kabi xayrli tadbirlar Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda poytaxt Xalq ta`limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Bunday tadbirlar nafaqat uning ishtirokchilari, balki yon-atrofdagilarga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi, o`zgacha zavq-shavq uyg`otadi. Kuzatuvchilar sonining har daqiqa ko`payib borgani, tomoshabinlarning katta qiziqish bilan musobaqa qatnashchilarini olqishlashlari buning isbotidir. Shu bois bu kabi o`ziga xos musobaqalarni tez-tez o`tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Zotan, tadbir ishtirokchilari ham shunday fikrdadir.

    Boshqa yangiliklar