1

Xorij davlatlarining harbiy attashelari Xudoyorxon o`rdasini ziyorat qildi

Jamiyat 26.06.2019, 11:55
Xorij davlatlarining harbiy attashelari Xudoyorxon o`rdasini ziyorat qildi

O`zbekistonda akreditasiyadan o`tgan 27 ta xorijiy elchixonalarning harbiy attashelari Mudofaa vazirligi bilan o`zaro hamkorlik rejasiga asosan Sharqiy harbiy okrugining Qo`qon garnizonida bo`ldi.

Mehmonlar ekskursiyani Qo`qon shahridagi Xudoyorxon o`rdasini ziyorat qilishdan boshladi. Farg`ona viloyatidagi ko`p yillik tarixga ega qadamjolar ularda katta taassurot qoldirdi. Shundan so`ng harbiy attashelar va ularning yordamchilariQo`qon garnizonidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Ular bu erda O`zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o`quv sinflari va mashg`ulot maydonchalari mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi. Ayniqsa, harbiyturli yo`nalishlarda tashkil etilgan to`garaklar faoliyati mehmonlar e`tiborini o`ziga tortdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1