1

Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda inspektorlik tekshiruvi o`tkazilmoqda

Jamiyat 26.06.2019, 12:00
Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda inspektorlik tekshiruvi o`tkazilmoqda

25-28 iyun kunlari Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi boshqaruv apparati hamda unga qarashli Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda inspektorlik tekshiruvi o`tkazilyapti. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

25 iyun kuni erta tong soat 02:00 da Mudofaa vazirining o`rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i rahbarligidagi inspeksiya tekshiruvida dastlab bo`linmalarning jangovar shayligi ko`rikdan o`tkazildi. Jangovar trevoga signaliga asosan bo`linmalar shaxsiy tarkibi belgilangan vaqt oralig`ida shay holatga keltirildi.

Keyingi bosqichda okrug boshqaruv apparati va harbiy qism shaxsiy tarkibi qariyb 200 km masofaga, ya`ni Kattaqo`rg`on dala-o`quv maydoni tomon marsh yurishdi. Mazkur harakat davomida 600 ga yaqin harbiy va jangovar texnikalar qatnashdi.

Belgilangan masofaga etib kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan dala-o`quv maydonida joylashuv va niqoblash ishlari amalga oshirildi. Mudofaa vazirligi mas`ul ofiserlari tomonidan yurt himoyachilarining har bir harakati jiddiy sinovdan o`tkazilmoqda.

Barcha shaxsiy tarkibning jangovar va ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarligi sinovdan o`tkazilgach harbiy qismga munosib baho beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1