1

Qonunchilik palatasi deputatlari Mudofaa vazirligi dala-o`quv maydonida bo`ldi

Jamiyat 27.06.2019, 15:56
Qonunchilik palatasi deputatlari Mudofaa vazirligi dala-o`quv maydonida bo`ldi

Kecha, 26 iyun kuni Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Chirchiq” dala-o`quv maydonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasining O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Mudofaa doktrinasi ijrosining ta`minlanishi hamda vazirlik faoliyatida maqsadli vazifalarni amalga oshirish holatiga bag`ishlangan sayyor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa va Sog`liqni saqlash vazirliklari mas`ul xodimlari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig`ilish O`zbekiston Prezidenti tomonidan Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda bo`lib o`tgan kengaytirilgan yig`ilishda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirishga doir berilgan topshiriqlar ijrosi muhokamasi bilan boshlandi.

Tadbirda so`zga chiqqan mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov O`zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini o`z vaqtida va samarali ijro etish bo`yicha o`tgan olti oy davomida Mudofaa vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar holati bo`yicha hisobot berar ekan, mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi “2019 yilda vazirliklar, davlat qo`mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarni baholashning asosiy mezonlari to`g`risida”gi farmoyishi ijrosiga ham to`xtaldi.

Shuningdek, yig`ilishda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini o`z vaqtida ta`minlash yo`nalishida ayrim kamchiliklar mavjudligi tanqid ostiga olindi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun barpo qilinayotgan ko`p xonadonli uylarni qurayotgan tashkilotlarning faoliyatini nazoratga olish ishlarini kuchaytirish, viloyatlar markazlaridagi “Harbiy- vatanparvarlik bog`lari”ni qurish ishlarini jadallashtirish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash bo`yicha deputatlarning takliflari tinglandi. Shubilan birga harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish borasidagi muammolarga ham alohida e`tibor qaratildi.

Shu kuni deputatlar dala-o`quv maydonida harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlari, o`quv jarayonlari va jangovar tayyorgarlik mashg`ulotlari hamda zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko`rgazmasi bilan ham yaqindan tanishdilar.

Yig`ilish yakunidaaytilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda tegishli qaror qabul qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va

ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1