1

Markaziy harbiy okrugidagi Artilleriyachilar o`quv yig`ini marsh yurish bilan boshlandi

Jamiyat 27.06.2019, 16:02
Markaziy harbiy okrugidagi Artilleriyachilar o`quv yig`ini marsh yurish bilan boshlandi

O`quv yili rejasiga asosan Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida joylashgan artilleriyachilar harbiy qismi harbiy xizmatchilari erta tongdan 100 kilometr masofaga marsh yurishdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Amaliy mashqlarda 10 dan ortiq zirhli jangovar texnikalar va 100 ga yaqin artilleriya to`plari jangovar shay holatga keltirilgan.

Mashg`ulot rahbari podpolkovnik Jamolxon Bilalovning ta`kidlashicha mazkur mashqlar 10 iyulgacha bo`lib o`tadi. E`tiborlisi mashqlar kunduzi va tungi holatlarda o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1