1

Islom To`xtaxo`jaev OFK tomonidan 4ta o`yinga diskvalifikasiya qilindi

Sport 06.12.2014, 14:28
Islom To`xtaxo`jaev OFK tomonidan 4ta o`yinga diskvalifikasiya qilindi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra OFK musobaqalari doirasidagi uchrashuvlarda tartib-qoidani buzgan bir qator futbolchilar tegishli tartibda jazoga tortildi.

E`tiborli tomoni, jazolanganlar orasida O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To`xtaxo`jaev ham bor. “Lokomotiv” futbolchi 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida o`tkazilgan Osiyo o`yinlari nimchorak finalidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o`yinda hakamni haqorat qilgani uchun 4ta o`yinga diskvalifikasiya qilindi. Shuningdek, To`xtaxo`jaev 10 ming AQSh dollari miqdorida jarima ham to`lashi belgilab qo`yilgan.

Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, amaldagi qoidalarga ko`ra, Islom To`xtaxo`jaev diskvalifikasiya muddatini o`rtoqlik o`yinlarida ham o`tashi mumkin.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1