1

Kuch tuzilmalarining yoshlari “Bilimdonlar arenasi”da bellashdi

Jamiyat 29.06.2019, 11:42
Kuch tuzilmalarining yoshlari “Bilimdonlar arenasi”da bellashdi

28 iyun kuni Nukus shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida “Yoshlar kuni”ga bag`ishlab Qoraqalpog`istondagi kuch tuzilmalarining yosh harbiylari va xodimlari o`rtasida “Bilimdonlar arenasi” intellektual o`yini o`tkazildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Nukus shahar kengashi hamda Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bellashuvda Mudofaa vazirligining “Amir Temur izdoshlari”, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlarining “Sarhad”, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Tinchlik posbonlari”, Milliy gvardiyaning “Yosh gvardiyachilar”, Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qutqaruvchilar” hamda Davlat bojxona qo`mitasining “Bojxonachilar” jamoalari bilim sinashdi. Qizg`in bahs va munozalarga boy o`tgan “Bilimdonlar arenasi”da adabiyot, san`at, tarix, kabi fanlardan mantiqiy savollar o`rtaga tashlanib, jamoalarning bilimlari sinovdan o`tkazildi.

– Bugungi intellektual o`yindagi bellashuv biz yoshlarni yanayam ko`proq kitob mutolaa qilishga chorladi, – deydi Nukus garnizonidan muddatli harbiy xizmatchi Abdulla Sa`dullaev. – Bellashuvda kuchli jamoalar ishtirok etishdi va biz, ofiser va serjantlardan tarkib topgan raqib jamoalar bilan tengma-teng bellashdik.

Intellektual o`yin davomida goh u jamoaning, goh bu jamoaning bilim darajasi ustunlik qilib, hay`at a`zolarining adolatli sarhisobi natijasida faxrli 1-o`rin “Qutqaruvchilar”, 2-o`rin “Bojxonachilar” va 3-o`rin “Tinchlik posbonlari” jamoalariga nasib etdi.

G`olib va sovrindorlar diplom, qimmatbaho sovg`a hamda kitoblar bilan taqdirlandi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1