1

O`zbekiston armiyasining jangovar qudrati qariyb ikki barobar oshdi

Jamiyat 29.06.2019, 11:45
O`zbekiston armiyasining jangovar qudrati qariyb ikki barobar oshdi

28 iyun kuni Milliy matbuot markazida O`zbekiston Mudofaa vazirligida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar, oldindagi reja va maqsadlarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Unda mudofaa vaziri o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i o`rinbosari polkovnik Shuhrat Ikramov va boshqa mas`ul ofiserlar ishtirok etdi.

Anjuman O`zbekiston Prezidenti boshchiligida 2018 yil 28 noyabrda o`tkazilgan O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilishida mudofaa sanoati va harbiy ta`limni rivojlantirish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizasiya qilish, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash ijrosiga bag`ishlandi. Ma`lum qilinishicha, o`tgan davr mobaynida Mudofaa vazirligi qo`shinlarida 230 dan ortiq maxsus-taktik o`quvlar, 45 ga yaqin hamkorlikdagi tadbirlar o`tkazildi. Natijada jangovar samardorlik 10—12 foizga, jangovar qudrat qariyb ikki barobarga oshgani qayd etildi.

Qo`shinlarning operasion yo`nalishlarda o`tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko`ra, Mudofaa vazirligi qo`shinlari vazifalarni bajarishga shay deb baholandi.

2019 yil iyul oyidan avgust oyiga qadar Rossiya, Belarus, Qozog`iston, Hindiston, Eron va Xitoy hududlarida o`tkaziladigan “Xalqaro armiya o`yinlari —2019” musobaqalarida o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar 14 ta yo`nalish bo`yicha ishtirok etishi ma`lum qilindi. Hozirda harbiylarimiz musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda.

Anjuman doirasida so`zga chiqqan general-mayor Azizbek Ikramov barcha jurnalistlarni “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan tabriklab, Mudofaa vazirligi tizimining ochiqligini, armiyaning xalqqa yaqinligini ta`minlash maqsadida vazirlik matbuot xizmati, “Vatanparvar” birlashgan tahririyati, Qurolli Kuchlar Media markazi negizida yangi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti, barcha harbiy okruglarda matbuot xizmatlari tashkil etilganini bildirdi.

Bundan tashqari department xodimlarining ijodiy samaradorligini oshirish uchun “Media ikkilik” va Media uchlik” guruhlari tuzildi. Mobil media markaz loyihasi ishlab chiqildi. Harbiy okruglarning rasmiy veb-saytlari ishga tushirildi. O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida harbiy jurnalistlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha to`rt oylik kurslar tashkil etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1