Avvalroq, ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxo`jaev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi.
Xususan, joriy yilning 28 iyun kuni Yakkabog` tumanida viloyatning Shahrisabz shahar, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog`, Chiroqchi, Qamashi va Dehqonobod tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o`tkazildi.
Shuningdek, 29 iyun kuni Qarshi shahrida viloyatning Qarshi shahar, Qarshi, Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak, Nishon, G`uzor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo`lib o`tdi.
Tadbirlar davomida, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi, ayrimlari mas`ullar nazoratiga olindi.
Ma`lumot o`rnida, fuqaro E.Usmonovning qarzdorlikni undirish bo`yicha murojaati o`rganilib, murojaatchiga 10 mln. so`m zarar pullari undirib berilishi ta`minlandi.
Huddi shunday, fuqaro M.Soibovning zarar undirish haqidagi murojaati qabul davomida ijobiy hal etilib, Byuro direktoriga minnatdorchilik bildirildi.