Bugun, 30 iyun kuni “Yoshlar kuni”ga bag`ishlab Nukus shahrida salomatlikni targ`ib etuvchi yugurish aksiyasi hamda yoshlar festivali bo`lib o`tdi.
Ertalab Allayar Do`snazarov ko`chasidan boshlangan 5 km masofaga yugurish musobaqasi Islom Karimov ko`chasi bo`ylab o`tkazildi. Aksiyada 30 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar hamda qoraqalpog`istonlik o`g`il-qizlar qatnashdi.
Nukus shahridagi Markaziy amfiteatr oldida 55 metr balandlikda O`zbekiston va Qoraqalpog`istonning bayroqlari o`rnatilgan joyi oldidagi maydonda Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning qo`l jangi va qurol bilan saf elementlari namoyishi bo`lib o`tdi.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati