AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamentiga yangi boshliq tayinlandi

'Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamentiga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli buyrug`iga ko`ra, Toshboev Olim Shoyimovich Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti boshlig`i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Olim Shoyimovich 1971 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug`ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist.

Uzoq yillar davomida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida turli vazifalarda ishlab, teleradiokompaniya raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga qadar yo`lni bosib o`tgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va

ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar