1

Ravshan Ermatov Hindiston klublari uchrashuvlarini boshqaradi

Sport 07.12.2014, 11:11
Ravshan Ermatov Hindiston klublari uchrashuvlarini boshqaradi

FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqarish uchun ikkinchi marta taklif oldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston futbol federasiyasi sayti.

Hindiston Futbol Federasiyasi taklifiga ko`ra Ermatov brigadasi 17-26 dekabr kunlari oralig`ida Hindiston Superligasi o`yinlarini boshqarib borishadi. Ushbu bahslarda Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

Eslatib o`tamiz, bu Ermatov va uning brigadasi uchun Hindiston Superligasidan ikkinchi taklifdir. Bir necha kun oldin beshinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan Ravshan Ermatov, bungacha 15-25 noyabr kunlari Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqargan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1